Izohli lug‘at
aborigenlar
аборигенлар
Ma’nolari
- Aborigenlar – bir qabila yoki etnik guruhga qarashli bo‘lgan, azaldan ma’lum bir hududda yashab kelayotgan va turmushning barcha jabhalarida hudud bilan mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy munosabatda bo‘lgan mahalliy aholi. Ma’lum hududda ekspeditsiyalar va turistik yo‘nalishlar bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirishda aborigenlar yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida yollanilishlari mumkin.
- Mamlakat yoki biror joyda qadimdan yashab kelayotgan tubjoy aholi; tubjoyliklar.
- Oʻsimlik yoki hayvonlarning qadimdan bir joyga mansub (mahalliy, jaydari) turlari, zotlari.
Misollar
- Avstraliya aborigenlari.
- Aborigen gʻoʻza.
Kelib chiqishi
lot. "aborigines, ab origine" - avvaldan, boshidan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0