Izohli lug‘at
achishmoq
ачишмоқ
Ma’nolari
- Achib, jizillab ogʻrimoq.
- Ichi achishmoq 1) qorin ochligidan ichi jizillab ogʻrimoq. [Yoʻlchi] Qorni ochganligidan, ichi achishib, qandaydir behuzurlik sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) achinish, rahm hissini tuymoq.
Misollar
- Yaram achishyapti. m -Bas, Oʻroz, koʻzimni koʻr qildi tutun,— Yoʻlchi yum-yum yosh toʻkib, achishgankoʻzlarini ishqalab, turtina-turtina, eshikni tepib ochdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U goh qoʻlini qoʻliga ishqalardi, goh toʻxtamay chopardi, goh achishgan.. yuzlarini siypalardi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Ona oʻgʻlining ahvoliga qarab, ichi achishdi. — S. Ahmad — Choʻl shamollari. Yuragi achishmoq ayn. joni (yoki ichi, yuragi) achimoq q. achimoq. .. mana shu jafokash xotinning yoshi qaytganida yolgʻiz qolayotganiga yuragi achishardi. S. Zunnunova, Olov.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0