Izohli lug‘at
afzal
афзал
Ma’nolari
- (asosan ch. k. bilan, ikki narsani bir-biriga chogʻishtiruvda) Yaxshi, aʼlo, ortiq.
- Afzal koʻrmoq. Aʼlo hisoblamoq, ortiq deb bilmoq.
- Afzal (erkaklar ismi).
Misollar
- Nomussiz yurmoqdan nomusli oʻlmoq afzal. — Maqol. ■■
- Sizning har bir soʻzingiz biz.. uchun tilladan afzaldir. — Oybek — Navoiy.
- Chirogʻim, bu yerni oʻz uyingdek bil. Qoratoyim qanday boʻlsa, san ham manga shundaysan. Balki undan afzalsan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ammo Umid hozircha.. koʻproq ilmiy ish bilan shugʻullanishni afzal koʻrdi. — Mirmuhsin — Umid.
Kelib chiqishi
a. J — eng fozil, eng fazilatli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0