Izohli lug‘at
ajdod
аждод
Ma’nolari
- . Ilgari oʻtgan nasl-nasab, ota-bobolar (avlodga nisbatan).
- . Oʻsimlik va hayvonlarning qadimgi boʻgʻini.
Misollar
- Mustaqilligimiz yillarida Imom al-Buxoriy kabi buyuk ajdodlarimizdan Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandlarning tavallud sanalari nishonlanishi jamiyatimizning madaniy-maʼrifiy yuksalishiga ijobiy taʼsir etmoqda. — Gazetadan.
- Ajdodlar ibrati avlodlar uchun namunadir. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – "jadd" (bobo) soʻzining koʻpligi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0