Izohli lug‘at
aks
акс
Ma’nolari
- Aks etmoq 1) silliq, yarqiroq sathda (tasviri) koʻrinmoq.
- Aksini topmoq ayn. aks etmoq 1)
- Aksiga olmoq (yoki yurmoq) 1) xohish-istakka yoki buyruqqa qarshi ish tutmoq, kesma-kesarlik qilmoq; 2) xohish-istakka qarshi yuz bermoq.
- Aks sado 1) tovushning uzoqdagi biror narsaga, toʻsiqqa urilib, undan qaytib eshitilishi.
- Aks holda Shunday boʻlmagan (qilinmagan) taqdirda; boʻlmasa.
Misollar
- Koʻzguda aks etmoq. 2) qaytmoq (mas., aks sado haqida); 3) koʻrinmoq, bilinmoq, namoyon boʻlmoq (ichki his-tuygʻu, kayfiyat va shu kabilar haqida).
- Shu birgina soʻz uning [Madumarning] butun ichki va tashqi dunyosini oʻzida aks ettirgan edi. — M.Ismoiliy — Fargʻona t.o.; 4) oʻz ifodasini topmoq.
- Asarda obyektiv voqelik aks etgan.
- Maʼlumki, Bosh qomusimizda xalqimiz ruhiga mos keladigan iymon-eʼtiqod, adlu insof, diyonat, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlar oʻz aksini topgan. — Gazetadan — . 2) sft. Qarama-qarshi, teskari, zid.
- Aks natija. Aks taʼsir.
- Aksiga olib, yomgʻir yogʻdi. 3) sft. Tutgan yerini kesadigan, gapga koʻnmaydigan, oʻjar, qaysar.
- Aks bola. 4) ot Taʼsir.
- Odamning odamga aksi uradi. — A.Qahhor — Qoʻshchinor chiroqtari.
- Uning [Alim buvaning] ovozi nihoyat darajada yoʻgʻon edi, u togʻ-toshlar orasida gurillab, aks sadolar bilan yoyildi. — M.Ismoiliy — Fargʻona t.o.; 2) koʻchma javob sadosi, javob harakati, ishorasi yoki alomati.
- Qu'ruvchilar majlisida koʻtarilgan bu masala shahardagi hamma korxonalarda aks sado topdi. — A.Muxtor — Opa-singillar.
- Har bir madaniyatli ota-ona farzandlari qalbida kechayotgan oʻylar bilan albatta hisoblashishlari kerak. Aks holda, orada boʻshliq paydo boʻla boshlaydi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0