Izohli lug‘at
albatta
албатта
Ma’nolari
- Fikrning yoki ish-harakatning qatʼiyligini, muqarrarligini, shubhasiz ekanligini bildiradi.
- krsh. s. vazifasida. Shunday mazmunli munosabatni bildiradi; shubhasiz, turgan gap, tabiiy, boʻlmasa-chi.
Misollar
- Qori oʻrikdan ikkitasini Sidiqjonga uzatdi: -Zap oʻrik ekan-da, kanal bitib, suv serob boʻlib, bogʻ-rogʻ qilganimizda, albatta, shuning danagidan ekamiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Men, albatta, koʻzingizning oqu qorasi boʻlgan yolgʻiz qizingizni yaramas, boʻlmagʻur kishiga tutib berarsiz, deb bilmayman. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
a. Arabchadan olingan, bu soʻz Arabchada ham shubhasiz ma’nosini anglatadi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0