Izohli lug‘at
aldamchi
алдамчи
Ma’nolari
- Kishini aldashga, avrashga, laqillatishga usta; aldoqchi.
- Firibgar, qallob.
- Vaʼdasida turmaydigan; subuti yoʻq; vaʼdasiz. -Aldamchi! -Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Yolgʻon-yashiq gaplarni koʻp gapiruvchi; yolgʻonchi.
- Chalgʻituvchi, chalgʻitadigan, aldaydigan.
Misollar
- Bir aldamchi, oʻzing kashmir boʻlmasang, Madinadan darrov qanday kelasan?! — "Yodgor".
- Bularning kayflari shunchalik chogʻ ediki, koʻrgan kishi., yaxshi, bor barakadan boshi osmonga yetgan aldamchi savdogarmi deb oʻylar, muqarrar shunday deb oʻylar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Koʻnglida bir lahza uchgan behuda, aldamchi xayollardan qutuldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0