Izohli lug‘at
aldamoq
алдамоқ
Ma’nolari
- Yolgʻon-yashiq gaplar, vaʼdalar bilan laqillatmoq, avramoq.
- Yaxshi gap, vaʼda va sh.k. bilan yoʻlga solmoq, koʻndirmoq.
- Yoʻldan urmoq, yoʻldan ozdirmoq. [Xonzoda Jamilaga:\ Ey tentak.. Yuzingni birov koʻrgan bilan yeyilib qoladimi?.. Shunday qilib akamni aldaysan-da! Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Yolgʻon gapirmoq, yolgʻonchilik qilmoq. -Rafiq, nayni kim chaldi? -Yoʻlchi akam. -A! Rostdanmi! Aldama! Oybek, Tanlangan asarlar.
- Notoʻgʻri tasavvur tugʻdirmoq, chalgʻitmoq. [Musa:[ -Sen birovni ham aldama, oʻzingni ham aldama: mana bu yerda darding bor, — dedi-da.. uning koʻkragiga asta urdi.— Mana bu yerda. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Misollar
- Xalq xalq boʻlibbirovni aldaganemas, ammo.. xalqni aldaganlarboʻlgan, ha, siz bizni aldamasangiz boʻldi, boy, biz sizni aldamaymiz. M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Kuyovning qayerda ekanini hech kim bilmaydi. Kelin uyga qamalib olgan — na yolvorganga koʻnadi, na aldaganga. — A. Qahhor — Toʻy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0