Izohli lug‘at
andisha
андиша
Ma’nolari
- . Ketini, oqibatini oʻylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza.
- . Umuman fikr, mulohaza.
- . Sharm-hayo, or-nomusga amal hissi.
Misollar
- Andishaning oti qoʻrqoq. — Maqol.
- Gʻoʻzapoyangizni juda oʻt bosib ketibdi-yu, — choʻchitib yubormaylik degan andisha bilan ohista soʻradik. — Gazetadan. —
- Qandaydir andisha tutdi tilini. — A. Muxtor.
- Biz Zulfiya opaning yonlarida boʻlib, u kishidan nafaqat jurnal ishini, odob-andishani, halollikni ham oʻrgandik. — "Saodat."
- Halol va pok, vijdonli hamda insofli boʻlaylik, andisha va hayoni unutmaylik. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
fors. – fikr, oʻylash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0