Izohli lug‘at
aniq
аниқ
Ma’nolari
- Eshitish, koʻrish, tushunish jihatdan yaxshi, toʻla ifodali.
- Haqiqatga moye, haqiqiy.
- Bekam-koʻst va toʻgʻri.
- Belgili, maʼlum.
- mod. s. vazifasida. Fikrning chinligini bildiradi; albatta, shubhasiz.
Misollar
- Aniq javob. Aniq koʻrsatmalar. Aniq eshitmoq. m Saodatxon orziqib javob kutar, Tojiboy aka boʻlsa, aniq javob bermay, gapni aylantirar edi. — S. Zunnunova — Olov.
- Koʻpchilik tomonidan maʼqullangan amaliy, aniq takliflar kiritildi. — Gazetadan.�
- Buni qarangki, shunday soddagina, lekin aniq fakptrga asoslangan fikr-mulohazalar respublika partiya tashkilotining oʻsha vaqtdagi rahbarida qahr-gʻazab uyttibdi. — Gazetadan.
- Aniq hisob-kitob va reja bilan boshlangan ish unumli boʻladi. — "Saodat".
- Kelish vaqti aniq. shi Gulroʻyning faryodi sababmi yo oqsoqollarning oʻzlari aniq bir toʻxtamga kelishdimi, ishqilib, shu tunning oʻzidayoq qabristonga yoʻl olishdi. — "Yoshlik".
- Xolmirza aka ichidan "shu gʻayrating boʻlsa, ikki yilda Xirmontepadan aniq ayrilamiz", deb oʻylaydi. — A. Qodiriy — Gʻirvonlik Mallavoy.
- Endi kimga ogʻiz solsang, gʻiring demay tegishi aniq. — S. Ahmad — Yulduz.
Kelib chiqishi
a. g - nafis, nozik; ravshan, tushunarli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0