Izohli lug‘at
armiya
армия
Ma’nolari
- Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui.
- Harakatdagi armiya Armiyaning urush vaqtida frontda boʻlgan qismlari.
- ayn. harakatdagi armiya
- Quruqpikdagi qurolli kuchlar.
- Bir yoki bir necha qoʻshin turlarining bir necha korpus yoki diviziyadan tashkil toptan, urush harakatlarini olib borish uchun belgilangan qoʻshilmasi.
- koʻchma Umumiy ish, umumiy maqsad bilan birlashgan kishilar.
Misollar
- Respublikamiz armiyasi. yash Urushning ikkinchi yili otasi armiyagaketdi-yu, qoʻlida hunari yoʻq ona ikki bola bilan qoldi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Shu uzilib tushgan ikkita barmoq tufayli u armiyadanqolib ketdi. N — . Safarov — Tanlangan asarlar.
- Biz oʻstirgan oʻgʻillar Armiyagaborurlar, Tikilib kelsa dushman, Jazosini berurlar. — "Qoʻshiqtar".
- Tank armiyasi.
- Mexanizatorlar armiyasi.
Kelib chiqishi
lot. armare — qurollantirmoq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0