Izohli lug‘at
arpa
арпа
Ma’nolari
- Gʻalladoshlar oilasiga mansub, doni ovqatga va yem sifatida ishlatiladigan bir va koʻp yillik gʻalla oʻsimligi va uning doni, gʻallasi.
- Arpangni xom oʻrdimi? Nima yomonlik qildi? (yomonlik qilmaganlikni qayd etuvchi ibora).
Misollar
- Arpa ekkan arpa olar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy olar. — Maqol.
- Arpa qayerda bo'lsa, chumchuq oʻsha yerda. — Maqol.
- Sopollitepaliklar, koʻpincha, bugʻdoy, arpa va tariqdan tayyorlangan atala isteʼmol qilishgani aniqlandi. — "Fan va turmush".
- Alisher Navoiyga qarshi tillaringni muncha qayray berdilaring! U janob senlarning arpalaringni xom oʻrdimi ? — Oybek — Navoiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0