ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

arqon

арқон

Ma’nolari

  1. Zigʻir, kanop, nasha poyasi tolalaridan, ipdan yoki jundan eshib tayyorlangan, bogʻlash uchun ishlatiladigan buyum; argʻamchi.
  2. Arqon solmoq etn. Yangi kelayotgan kelinchak yoʻlini arqon bilan toʻsmoq (kelin olib ketayotganlardan pul, roʻmol va sh.k. lar olish maqsadida). "Arava poyga"- ning gumburi, aravakashlarning qiyqirigʻi, ayollarning "yor-yori" bilan toʻy karvoni borarkan, qandaydir bolalar, oʻspirinlar yugurib chiqib, yoʻlga arqon soldilar. Oybek, Tanlangan asarlar. Boʻyniga arqon solganday ayn. boʻynidan boylaganday. q. boʻyin. Arqonni uzun tashlamoq Birovning nooʻrin, nojoʻya xatti-harakati uchun tanbeh berishda, qoʻlga olishda shoshmay, "oʻziga qoʻyib berib" ish tutmoq. Arqonini ustiga tashlab yubormoq Safdan chiqarmoq, haydab yubormoq.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish