Izohli lug‘at
arvoh
арвоҳ
Ma’nolari
- Diniy tasavvurlarga koʻra: faqat odam tirikligida, hayotida u bilan boʻladigan, vafotidan keyin tandan chiqib, abadiy mavjud boʻladigan gʻayrimoddiy asos; ruh.
- Arvoh oshi Oʻtgan ota-bobolarning ruhiga bagʻishlab oʻtkaziladigan kichikroq maʼraka, yoʻqpov.
- Marhumning kishi xayolida koʻringan sharpasi.
- Arvoh kapalak Odatda, kechasi chiroq yorugʻiga keladigan yirik qoʻngʻir kapalak (oʻlgan kishining ruhi oʻz uyiga goʻyo shu kapalak suratida kelarmish). Arvoh urdi Ishning rasvo boʻlishi, yomon hodisa yuz berishini ruhning yomon taʼsiridan koʻrishni bildiradi. |
Misollar
- Tirik moʻminlar qargʻishidan qoʻrqmasang, marhumlar arvohidanqoʻrq. — Gazetadan.
- Shu yerni obod qilinglar. Har holda ota yurting. Otangning arvohiham shod boʻladi. — Sh. Xolmirzayev — Bodom qishda gulladi.
- Sultonbek soʻz oldi: "Arvoh oshi" bermayman, oʻgʻlimni tuy qilmoqchiman, toʻy dedim. — Oybek — Tanlangan asarlar. Arvohi pir yoki arvoh piri Ustoz qoʻlida kasb-hunar oʻrganib, mustaqil ish boshlash uchun fotiha olayotgan shogirdning shu munosabat bilan hamkasaba ustalarga va oʻtgan pirlar arvohini shod etish maqsadida beradigan ziyofati.
- Boʻlmasa, usta Olim oʻz uyiga doʻkon quribdir deng-chi! — Doʻkon quribdir. Arvoh piri bermasdan-a? — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Sevguvchi yigitni solmishdir yoʻlga, Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh. — H. Olimjon.
- Shayx arvohdekbesas, beparvo turardi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Qozi] Tavba qildim, xudo![Mulladoʻst:\ Arvoh urdi, qozi! — Hamza — Maysaraning ishi. Och arvoh yoki arvohga oʻxshagan Juda oriq, qiltiriq; goʻyo jonsizdek koʻrinishli.
Kelib chiqishi
a. "ruh" soʻzining kup- ligi, ruhlar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0