Izohli lug‘at
asir
асир
Ma’nolari
- . Urush vaqtida dushman qoʻliga tushib, ozodlikdan mahrum boʻlgan shaxs; bandi.
- . Tutqun, bandi holatida yashovchi shaxs.
- . Biror kimsa yoki narsaga oʻzini butunlay topshirgan, uning "quli" holatidagi shaxs.
- Asir qilmoq (yoki etmoq) 1) dushmanni qoʻlga tushirmoq, asir olmoq; 2) oʻziga tortmoq, jalb etmoq, maftun, shaydo qilmoq.
Misollar
- Asir olmoq. Asir tushmoq. Asirlarni almashmoq.
- Turdiyev asirni toʻgʻri batalon shtabiga olib joʻnadi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Qoʻrboshi qani? — deb soʻradi Botirali hamon qoʻl koʻtarib turgan asirlardan. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Toʻpxona qurilishida, biz bilan birga, asir tushgan avstraliyalik soldatlar ham ishlardi. — A. Tolibov — Haqiqat yengdi.
- Toʻrt devor asiri boʻlib oʻtirgan ayollar bunday paytlarda kattakon bogʻda qafasdan chiqqan qush singari yayrar. — X. Ahrorova — Orifning davlati.
- Mana shu kundan boshlab Yoʻlchi shu qizning asiri, maftuni boʻldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U [Halovat] xayol surib qoldi, eh, xayollar.. siz kishini asir etishga naqadar ustasiz. — N. Orifjonov — Halovat.
Kelib chiqishi
arab. – tutqun, bandi; maftun, shaydo
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0