Izohli lug‘at
asos
асос
Ma’nolari
- Narsaning barcha qismlarini tutib yoki koʻtarib turuvchi qismi, tayanchigʻi.
- Ijtimoiy hayot yoki tabiat hodisalarining negizini tashkil etgan narsa; tayanch, negiz, poydevor.
- Asos solmoq Asosini yaratmoq, yuzaga keltirmoq.
- (faqat koʻt. shaklida) Bosh qoidalar, elementlar, asosiy prinsiplar.
- Sodir boʻlgan yoki qilingan ish-harakat, aytilgan fikr va shu kabilarni dalillovchi narsa.
- Kislotalar bilan oʻzaro taʼsir qilib, tuz hosil etadigan birikma.
Misollar
- Shamdon asosi. Stanok asosi.
- Ilmiy asos. Nazariy asos. Ijodiy mehnat qadr-qimmatining huquqiy asoslarini yaratish kerak. — Gazetadan.
- Shaharga asos solmoq. Demak, bundan besh ming yil muqaddam asos solingan dehqonchilikda sholi ham boʻlishi kerak. — K.Mahmudov — Qiziqarli pazandalik.
- Kamol Iqoniy asos solgan iqoniya tarmogʻi tariqat shajarasining Zangiota tarmogʻidan boshlanadi. — "Fan va turmush".
- Fan asoslari. Kimyo asoslari.
- Men bu yigitning ishini tekshirib koʻrdim. Mahkamni ayblashga asos topolmadim. — N. Safarov — Uygʻonish.
- -Ishonishga asos bor, — dedi Ramazonov dadillik bilan. — "Sharq yulduzi".
Kelib chiqishi
a. — negiz; manba
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0