Izohli lug‘at
aviakompaniya
авиакомпания
Ma’nolari
- Aviakompaniya – tijorat maqsadida yuk va yo‘lovchilarni havo yo‘llari orqali tashuvchi korxona. Aviakompaniya parvozni amalga oshirish xarakteriga ko‘ra: ichki, xalqaro va aralash; parvoz masofasi va yo‘nalishi bo‘yicha: magistral, regional, xususiy va charterlar; asosiy tashuvlar turiga ko‘ra: yo‘lovchi tashuvchi, yuk tashuvchi va aralash; reyslarning amalga oshishi bo‘yicha: doimiy va charter; asosiy fondlar hajmi va yuklarning ko‘lami bo‘yicha: yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi.
- Avialiniyalarga yoki samolyot ishlab chiqaruvchi korxonalarga ega boʻlgan birlashma. "Oʻzbekiston havo yoʻllari " milliy aviakompaniyasi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0