Izohli lug‘at
avlod
авлод
Ma’nolari
- . Ota-bobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan).
- . Ota-bobo va uning nasli; sulola; zot.
- . Zamonning maʼlum qismiga mansub odamlar; boʻgʻin.
- . Zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarining va boshqa texnik jihozlarning yangilangan, takomillashgan turkumi.
Misollar
- Biz eski qullarning avlodimiz.. ota-bobolarimiz ozod boʻlgan chogʻlarda oʻzlari uchun qurgan chayladek uylarda tirikchilik qilamiz. — S. Ayniy — Qullar.
- Ajdodlar boʻlmagay avlodsiz, Avlodlar ziynati ajdodlar. — B. Boyqobilov.
- Temur avlodi. Bobur avlodi.
- Devonbegilar avlodiga mansub boʻlgan Shernazarboy Islomxoʻjani ich-ichidan yomon koʻrar, azaldan adovati bor edi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Fisq-fujur uyasi boʻlgan bu oila hammani qoralashsa ham, oʻz avlodi boʻlgan ana shu katta boyga aslo til tegizmas edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi..
- Keksa avlod. Oʻrta avlod. Yosh avlod. Kelgusi avlod.
- Oʻylaymanki, mana shunday obod va ozod yurtni koʻrganda, nafaqat katta yoshdagi kishilar, balki yosh avlod ham yangi kuch-quvvat oladi, gʻururlanadi. — Gazetadan.
- Bu apparat kompyuterlarning toʻrtinchi avlodiga mansub.
Kelib chiqishi
arab. أَوْلَاد — oʻgʻillar, bolalar, nasl
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0