Izohli lug‘at
aylantirmoq
айлантирмоқ
Ma’nolari
- Aylanmoq fl. ort. n.
- Bir tomondan ikkinchi tomonga agʻdarmoq, boshqa tomonini oʻgirmoq, toʻnkarmoq;.
- s. t. Gap bilan chalgʻitmoq, laqillatmoq.
- Aylantirib kelganda Hammasi boʻlib, bor-yoʻgʻi.
- Gapni aylantirmoq Gapni choʻzmoq; gapni boshqa tomonga burmoq, chalgʻitmoq.
Misollar
- Hazilni chinga aylantirmoq. Parrakni aylantirmoq. Shahar aylantirmoq. Kapitalni aylantirmoq. shsh Unsin onasidan yodgor qolgan va yagona ziynati boʻlgan yupqagina eski kumush bilaguzukni aylantiribgapirdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shkafni aSshntirib qoʻymoq. m \Hasanali\ Bu ikki turli masalaning oʻng-tersini aylantirib muhokama qildi va oʻlchadi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Aylantiribkelganda bir soatlik ish ekan. — Aylantirib tashlamoq Boshdan aylantirib — oʻgirib sadaqa qilmoq. Aylantirib tushirmoq Qulochkashlab urmoq. Boshni aylantirmoq 1) gangitmoq, miyani gʻovlatmoq, kalovlatmoq. U yerda opiar, aravalar, tuyalarning shovqini.. nonvoy,shrning qichqirishlari bir-biriga qoʻshilib, allaqanday maʼnosiz, boshni aylantiradigan doimiy bir gʻovur-gʻuvur yasaydi. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) es-hushni olib qoʻymoq, maftun qilmoq; 3) yoʻldan ozdirmoq, avramoq, aldamoq. [
- Maqsud Yalangtoʻshga:] Ogʻayni, men qora odamman. Zangʻar Yodgorbek boshimni aylantirgan ekan. — N. Safarov — Sharq tongi.�
- Saodatxon orziqib javob kutar, Tojiboy aka boʻlsa, aniq javob bermay, gapni aylantiraredi. — S. Zunnunova — Olov.
- Gapni koʻp aylantirmasdan, ochigʻini aytib qoʻya qol. — O. Yoqubov.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0