Izohli lug‘at
aytim
айтим
Ma’nolari
- kam qoʻll. Aytiluvchi narsa (gap, qoʻshiq va sh.k.). "Oltovlon ola boʻlsa, ogʻzidagin oldirar, toʻrtovlon tugal boʻlsa, unmaganni undirar" degan dono aytim bor. Gazetadan.
- Xonanda ishtirokida ijro etiladigan turli shakl va hajmdagi oʻzbek musiqa folklori janrlari (qoʻshiq, lapar va b.).
- Aytim yoʻli Xorazm maqomlari ashula boʻlimiga nisbatan qoʻllanadigan umumiy nom.
Misollar
- Otajon Xudoyshukurov.. qadim aytim yoʻllari, mumtoz qoʻshiqlarni maromiga yetkazib ijro etdi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0