Izohli lug‘at
aziyat
азият
Ma’nolari
- Ruhiy yoki jismoniy ezilish, ozor, azob.
- Zararli taʼsir, zarar-zahmat.
- Aziyat chekmoq (yoki tortmoq) Azoblanmoq.
- Aziyat yetkazmoq 1) shikast yetkazmoq; 2) xafa qilmoq, ranjitmoq;
Misollar
- Qori: Undoq boʻlsa, bu yerga kelishdan sizga aziyatdan oʻzga nima xushlik bor? — A.Qahhor — Tobutdan tovush.
- Agar shu qoʻrboshi oʻldirilmaganda, Muxtorxonga bir aziyat yetar ekan. — A.Qahhor — Sarob.
- [Elmurod] Onasidan ajralgandan beri kun boʻyi qancha aziyat chekdi, qancha koʻz yoshi toʻkdi. — P.Tursun — Oʻqituvchi.
- Muborak koʻngillariga aziyat yetkazganidan qoʻrqqanligini soʻzlab, uzr aytdi. — Oybek — Navoiy.
Kelib chiqishi
[ arab. - ranj, azob, ogʻriq; zarar)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0