Izohli lug‘at
azob
азоб
Ma’nolari
- Jismoniy yoki ruhiy qiynoq.
- Ish-mehnat qiyinchiligi, mashaqqati. [Xadicha] Oʻgʻli ne-ne azob bilan yasagan stollar, oʻrindiqlarning tashqariga chiqaribuyilayotgan siniqlarini koʻrib, dod solib yubordi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Azob bermoq Qiynamoq, qiynoqqa solmoq.
Misollar
- Vijdon azobi. Ruhiy a'zob. Ilgari "yoʻl azobi— goʻr azobi" derdilar. m [ Gʻulomjon] Yuragidagi bor dardlarini, tortgan azoblarinibir-bir aytib berdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yoʻtal yomon azob beryapti. yash Zindonbonning daromadi qamalganlarga azob berish vositasi bilan ulardan olinadigan 4-5 tanga puldir. — S. Ayniy — Doxunda. Azob chekmoq (yoki tortmoq) Ruhan yoki jismonan qiynalmoq.
- Ayol tun boʻyi azob chekib, tongotarga yaqin koʻzi yoridi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ochlikdan nechogʻliq azob tortganini Navoiy ham eshitgan boʻlsa kerak. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar. Goʻr azobi Oʻta azob, qattiq azob.
- Goʻr azobidayetishtirgan paxtasini zavodga keltirib, suvtekin sotadi.. — M. Ismoiliy — Fargona t.o. It azobida Nihoyatda azob chekib, oʻta azob bilan.
- It azobidatunni oʻtkazdi. — S. Siyoyev. Yorugʻlik. Nima azob Nima jazo, nega muncha qiynalish (qiynalib biror ish qilayotgan kishiga achinib aytiladigan ibora). -Nima azob, dadasi, oʻpkangiz qirilib ketdi-yu,— Oyshabonu eriga achinib gapirdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
Kelib chiqishi
\a. — qiynalish, uqubat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0