Izohli lug‘at
bachcha
бачча
Ma’nolari
- Bola. Duoyi salom oʻsha bachchalarning onasiga, umid bilan bir yostiqqa bosh qoʻyib, kecha-kunduz duoyi jonimda boʻlganga! Oydin, Shirin keldi.
- etn. Birovning (akavachchasining) qaramogʻida va ixtiyorida boʻlgan xushroʻy, kelishgan oʻyinchi oʻgʻil bola; besoqol.
- Umuman oʻyinchi bola, raqqos.
Misollar
- Oʻsha bachcha ham odam farzandi. Ota-onasi kambagʻallikdan uni bachchalikka sotgandir. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Nogʻorachining bachchasi. m Oʻrtada oʻn olti-oʻn yetti yashar bachcha oʻynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Nogʻora choʻpining tez urilishi, bachchaning bir aylanishi va kuchli, yalpi qiyqiriq bilan bazmning birinchi qismi tugadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Kelib chiqishi
f. — odam bolasi; hayvon nasli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0