Izohli lug‘at
badan
бадан
Ma’nolari
- Tananing, gavdaning sirti, sirtqi qismi. Orqada kel-gan Poʻlagʻur manglay roʻmoli bilan yalangʻoch ba-danini artib, terini quritdi. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy.
- Tana, gavda, vujud.
Misollar
- Yomgʻirdanmi, terdanmi butun badani shalabbo hoʻl. A. Muxtor, Chinor.
- Qoʻnji toʻla suv, kiyimbosh jiqqa hoʻl, sovuqdan badan qalt-qalt titraydi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Kechasi Jahongirning badanida ogriq turdi. "Sharq yulduzi".
- Yigitning lablari qoʻliga tekkanda, Mahvashning aʼzoyi badani ji-mirlab ketdi. T. Ashurov, Oq ot.
Kelib chiqishi
tan> tana
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0