Izohli lug‘at
bahaybat
баҳайбат
Ma’nolari
- Hajm-oʻl-chovi odatdagidan ortiq; juda katta, juda ulkan, haybatli.
- Koʻrinishi vahimaga soladigan, qoʻrqinch hissini tugʻdiradigan; vahimali, dahshatli.
Misollar
- Bahaybat minora. Bahaybat togʻ. n Asriy qorlardan boshiga sama oʻra-gan bahaybat qoyalar shahar tegrasida viqor bilan turgancha qotib qolgan. K. Yashin, Hamza.
- Bahaybat oʻrik ostidagi karavotda ellik yoshlar chamasidagi bir ayol oʻtirardi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
- Bahaybat parma-lovchi mashinalar qishloq biqinida quduq qaziyotir. "Yoshlik".
- Lochin deganda, koʻz oldimizda bahaybat yirtqich qush paydo boʻladi. "Fan va turmush".
- Ikki-uch yuz qadam naridagi yakka-yolgʻiz da-raxtlar va pastqam uylarning qamish va yogʻoch boʻgʻotlari tuman ichida, oqshom mahaldagi koʻlankaday, bahaybat koʻrinardi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Oʻtovday shoʻppaygan ulkan toshlar ortida qandaydir bahaybat maxluq poylab turganday. J. Abdullaxonov, Oriyat.
Kelib chiqishi
|ba.. + haybat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0