Izohli lug‘at
baholamoq
баҳоламоқ
Ma’nolari
- Narx qoʻymoq, pulga chaqmoq.
- Baholab olmoq Baylashib, koʻtarasiga bay qilib olmoq.
- Narsa, hodisa yoki harakatga baho bermoq, uning ahamiyati, qadr-qimmati haqida fikr bildirmoq.
Misollar
- Dadasi qazo qilganda, Maxsumning otasidan qarz koʻtarib koʻmibdi. Echkisini, yerini baholab, qarziga oʻtkazibdi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- U [Yoʻlchi] choyxonada uyi shu tomonda boʻlgan va ilgari tanish bir odam bilan uchrashib, unga oʻn ming xom gʻisht quyib berishni baholab oldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qilmagan xizmatimni shunday yuksak baholadingiz. Shuhrat, Shinelli yillar.
- ..oʻzini bilgan odam bu gunohni katta jinoyat deb baholaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ilmiy kengash kash-fiyotimni koʻrib chiqib, yaxshi baholadi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0