Izohli lug‘at
bahona
баҳона
Ma’nolari
- Biror harakat yoki niyatni amalga oshirish yoki oshirmaslik uchun oʻylab topilgan soxta, asossiz sabab; vaj, dastak, roʻkach.
- Boshlangʻich sabab, bois.
- Bola bahona — diydor gʻanimat (ibora-ning oʻzgargan shakllari: gul bahona.., gʻoʻza bahona..) Biror bahona bilan butunlay boshqa maqsadda (xususan, sevgilisini koʻ-rish uchun) kelgan kishiga nisbatan aytiladigan ibora.
Misollar
- Bahona qilmoq. a Gulnor.. Yoʻlchiga soʻzlashga bo-tinmas, soʻzlashuv uchun biron bahona, sabab qidirishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Men unga roʻyxush bermay yurdim. Shunday boʻlsa ham, hali uni bahona qilib, hali buni bahona qilib kirib yurdi. A. Qahhor, Xotinlar.
- [Boy Gʻofirga:] Toʻy bahonasida mendan senga oʻtib qolgan arzimagan narsalar bor, shularni pulga chaqib, orani ochiq qilib qoʻysak, degan edim. Hamza, Boy ila xizmatchi. /
- Fotimaning] Amakisi "qizga kiyim-kechak" bahonasi bilan uning otasidan qolgan bor bisotini sotdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Kengashboyning suhbati bahona boʻldi-yu, Ubay oʻylanib qoldi. "Oʻzbekiston qoʻriqiari".
- Bola bahona, diydor gʻanimat, deb ular oldiniga yigitlar bilan yonma-yon oʻtirishga oʻrganishadi. Hamza.
- Ha yoqmay ketsin-a, gʻoʻza bahona-yu, allakimlarning dardi gʻanimat ekan-da, Yulduzxon? R. Fay-ziy, Choʻlga bahor keldi.
- Gulni bahona qilib, yor koʻrgani kelganmiz. "Qoʻshiqlar".
Kelib chiqishi
f. — sabab, asossiz uzr
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0