Izohli lug‘at
baliq
балиқ
Ma’nolari
- Suzgichlari boʻlgan, oyquloqlari orqali nafas oladigan, umurtqalilar kenja tipiga mansub suv jonivori.
- Ushbu suv jonivorining goʻshti.
- Muchal yil hisobidagi beshinchi yil nomi.
- Baliq yili q. muchal.
Misollar
- Laqqa baliq. Qora baliq. Oltin baliq. Zogʻora baliq. Sachratqi baliq.
- Qizil baliq.
- Baliqning tirikligi suv bilan. — Maqol
- Ketgan baliq - kemadek. — Maqol
- Koʻlning otini baligʻi chiqarar. — Maqol
- Baliqlar gavda harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. "OʻzME"
- Qovurilgan baliq. Tuzlangan baliq. Baliq kombinati.
- Eshak mingan ot soʻramas, Baliq yegan et soʻramas. — Maqol
- Baliqni har kuni isteʼmol qila boshlagan odamlar orasida infarkt 50 foizga kamayar ekan. "Fan va turmush".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0