Izohli lug‘at
balo
бало
Ma’nolari
- Biror voqea-hodisa, harakat tufayli yuzaga kelgan ofat, falokat; tash-vish.
- Balo bormi? Oʻrinsiz ish, harakat, yoqimsiz narsa yoki kimsaga duch kelganda, yoqtirmaslik, norozilik (nima bor? nima qilib yuribdi?) maʼnosini ifodalaydi.
- koʻchma s.t. Uddaburon, ishning koʻzini biluvchi, oʻz ishiga pishiq.
Misollar
- Taqdirning balosi koʻp, saqlansa panasi kup. Maqol.
- Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. Maqol.
- Sadaqa baloni yer, tavba — gunohni. Maqol.
- ■■ Ot boshiga balo boʻldi. Gʻayratiy. -Iloyo omin, — kampir ham fotiha oʻqidi, — qadam yetdi, ba,yu yetmasin! X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati.
- Saltanatni qayerda koʻrmay, satane boʻp yasanib olgan boʻladi. Ikki chakkasidagi ga-jakka balo bormi deyman!"Yoshlik".
- Paxta terimi ketayotgan dolzarb payt karantin-ga balo bormi? "Yoshlik".
- Shu ayozda charm kastumga balo bormi? A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat. Baloga qolmoq Yomonlikka duchor boʻlmoq, daʼvosiga qolmoq.
- Bilmasdan gapirma! Baloga qolasan, qizim! Hamza. Baloyi azim Ulkan ofat, mislsiz kulfat.
- Monokultura deb atalmish bu yakkahokimlik bora-bora shunday bir baloyi azimga ay-landiki.. "OʻzME". Baloyi nafs yoki nafs balosi Ochkoʻzlik, nafsi buzuqlik orqasida boshga tushgan kulfat. Balo urmaslik Hech qanday shikayet yemaslik, eson-omon qutulib ketish. Balo oʻqi Oʻlim maʼnosini ifodalaydi.
- Balo oʻqiga nishon boʻlmasdan burun bu ishlarni oxiriga yetkazishga harakat qilar edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida. Bir balo Nomaʼlum, sirli, bilib boʻlmas sal-biy narsa yoki hodisa.
- Oldin, bu kampirga bir balo boʻlgan, deb hayron boʻlib yurganlar.. bu ayol bir narsani bilar ekan, deb tan be-rishdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- Bir balo borga oʻxshaydi oralarida. S. Zun-nunova, Olov. Boshga balo boʻlmoq Ortiqcha tashvish, dardisar boʻlmoq. Nima (yoki ne, qanday) balo Taajjub, hayratlanish, hayron qolishni, baʼzan kinoyaomuz soʻroqni bildiradi.
- Nima balo, toʻyni nasiya qilib, kelinni olib kevoldingizmi ? deguvchilar ham boʻldi. S. Zunnunova, Olov.
- Nima balo, bola-chaqangiz koʻpayib ketdimi? "Guldasta". Suv balosi Toshqin, sel va sh. k. lardan kelgan ofat. Tuhmat balosi Tuhmat orqasida boshga tushgan kulfat.
- Sodiq qulingiz.. tuhmat balosiga giriftor boʻlib, zindonda sargʻayib yotibdi. J. Sharipov, Xorazm. Oʻt balosi Yongʻin maʼnosini ifodalaydi.
- Suv balosi, oʻt balosini koʻrganlar bor.. "Yoshlik". Har balo 1) turli-tuman noxushliklar; turli salbiy holatlar.
- A yeli Yunus olgan aqluhushimni, Har baloga solgan mening boshimni. "Malikai ayyor"; 2) har qanday narsa.
- U har baloni biladi. Hech balo Hech narsa, hech nima. Bobo koʻzlaridan qochmas hech ba,yu, Bir zumda da-lani chiqar aylanib. Mirtemir. Hech baloda yoʻq yoki hech baloni bilmaydi Hech narsani bilmaydigan, qoʻlidan hech ish kelmaydigan (odam).
- Bizda ham sergap, quruq maslahat beradiganlar juda koʻp-u, lekin [ular] amal-da hech baloda yoʻq. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
- Balo qiz ekan bu. S. Ahmad, Ufq.
- -Eshniyoz aka balo! — deb davom etdi Ravshan Roʻzi. Sh. Xolmirzayev, Yoshlik.
- Sayfiddin Umarov esingdami, matemati-kadan balo edi. Oybek, O.v. shabadalar.
Kelib chiqishi
I a. iL — sinov; ofat, musibat, baxtsizlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0