Izohli lug‘at
balogardon
балогардон
Ma’nolari
- Balo-ofatlardan muhofaza qiluvchi; ularni daf qiluvchi; qutqaruvchi, xaloskor.
- Balogardon boʻlmoq Birovni himoya qilish uchun oʻzini har qanday xavfu xatarga roʻbaroʻ qilmoq.
Misollar
- Bir falokat bosib ish pachava boʻlsa ham, shularning oʻzi balogardon. — T. Malik — Qaldirgʻoch.
- Olis qoldi Chambil qoʻrgʻon, Himmat bersin balogardon. — "Nurali". —
- Igʻvolarga balogardon boʻlarding, bilsang, Nahot oʻsha savobing ham boʻlibdi abas. — A. Oripov. —
Kelib chiqishi
balo + [ fors. – daf qiluvchi, qaytaruvchi ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0