Izohli lug‘at
balqimoq
балқимоқ
Ma’nolari
- Yorqin nur sochib jilva qilmoq; nurga toʻlmoq, yarqiramoq. Dala sutdek oydin, Nur qoʻynida balqib yotardi. E. Raimov, Ajab qishloq.
- Gullab yashnamoq, gul-gul yashna-moq, ravnaq topmoq.
- Barq urib koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
- Roʻyobga chiqmoq, amalga oshmoq, namoyon boʻlmoq.
- Oʻziga maftun, rom qilmoq; boʻshashtirib yubormoq.
Misollar
- Quloch yoydi at-roflar, Ufq balqidi. A. Muxtor, Asarlar.
- Quchogʻida nur koʻtarib balqimoqda tong. A. Muxtor, Asarlar.
- Saodat oyday balqib, yoʻlakda paydo boʻladi. "Yoshlik".
- Goʻroʻgʻlibek Hasanxonga qarasa, oyday balqib turibdi. "Gulnorpari". Shodlik bilan toʻlsin toʻr-tala ufq, Kulgi bilan balqsin bu qadim jahon. A. Oripov.
- Komiljonning singlisi Shohida choʻzinchoq yuzli, koʻzlaridan samimiyat balqib tura-digan oʻn sakkiz yoshlardagi soʻzamol qiz edi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
- Sulton quvonch porlagan, mehr balqigan koʻzlari bilan Gul-chehrani kuzatar, iliq boqardi. M. Xay-rullayev, Hikoyalar.
- -Yoʻq, otajon! — dedi Shermat, — tinchlikni, hurriyatni, haqiqat oftobining balqib chiqqanini siz ham koʻra-siz! Oybek, Ulugʻ yoʻl.
- Ey zamin, boʻshashma, dadil boʻl, balqi. Gazetadan. Osmon degan nimayu quyosh degan nimadir? Barchasidan ustunsan, oʻzing yasha, oʻzing balq! Gʻ. Gʻulom.
- Oydayin barq urar aning jamoli, Odamni balqitar tegsa shamoli, Boysarining shunday qizi bor ekan. "Alpomish".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0