Izohli lug‘at
banda
банда
Ma’nolari
- Olloh yaratgan, taqdiri uning qoʻlida boʻlgan kishi; Ollohning quli.
- Umuman odam, kishi.
- Kimgadir, biror kishiga qaram kishi; fuqaro.
- Bandangiz yoki bandalari Maktublarda yoki biror kishiga murojaatda oʻzini kamtar olish, murojaat qilinayotgan shaxsga hurmat bildirish shakli; kamina.
- Biror narsaga butun vujudi bilan berilgan kimsa.
- Oshiq, maftun, shaydo boʻlgan kishi haqida.
- Xom sut emgan banda q. emmoq.
Misollar
- Xudoning bandasi. m Tangri oʻz bandalari orasida gʻayratlisini yoqtiradi. "Hadis".
- Tangrining birodar bandalari boʻlinglar, oʻrtalaringda hasad, adovat, arazlash boʻl-masin. "Hadis".
- Bandasi Ollohning irodasidan chiqa olma idi. S. Ahmad, Ufq.
- Yaxshilikka oʻrgangan bir banda osonlik bilan oʻz yaxshi-ligini qoʻymaydir. A. Qodiriy, Kichik asarlar.
- Hech vaqt hukmdorlar huzuriga bosh egibborgan banda emasmen. M. Osim, Karvon yoʻllarida.
- Agar banda sidqidil bilan xudodan soʻrasa, tomchi oʻrniga daryo bagʻishlaydi. Oybek, Nur qidirib.
- -Amirim, — dedi moʻysafid soqolini tutamlab, — bu xokisor bandangizning bir qoshiq qonidan keching. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Dono tadbirni oʻrtaga soldingiz, pirim. Bandangizning fik-richa, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoni qonuniy podshoh atab, muborak nomlarini xutbaga qoʻshiboʻqitmoq kerak! P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Nafs bandasi. Pul bandalari. Jigʻildon bandasi. "Gʻilof bandasi". n -Nafs bandasi.. Birov ishdan kelsa, siz oshdan kelasiz, — dedi Meli polvon jahli chiqib.. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Fabrikaga in qurgan bir hovuch "pul bandalari" ana shu shior ostida ishlaganlar. Gazetadan.
- Lekin bir kun emas, bir kun jigʻildon bandasi Abdullayev bilan choʻtalchi Moʻminovlarning chuv tushishi turgan gap. "Mushtum".
- -Sizning nazarin-gizda, hamma xotinlar latta-putta bandalari, shundaymi, — dedi Kumush Kamoliddinga. T. Jalolov, Oltin qafas.
- Ozodlik maʼnosi bu emas, yolgʻon! Dollar bandasining soxta soʻzidir. R. Bobojon, Sheʼrlar.
- Qizning choʻlpon koʻzi traklarga oʻt yoqarkan, qora qoʻngʻir sochi taqimigaurib.. turganini koʻrgan har bir yigit unga banda boʻlar ekan. N. Safarov, Katta karvon yoʻlida.
- Uch yil boʻldi, muntazirman oʻzingga, Jonim banda yarqillagan koʻzingga. Poʻlkan, Hasan batrak.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0