Izohli lug‘at
bandli
бандли
Ma’nolari
- Ushlashga moʻljallangan dastasi, bandi, tutqichi bor.
- Birdan ortiq band, boʻlim, para-grafdan iborat boʻlgan.
Misollar
- Xotin oʻrtaga bandli, guldor xumchada vino bilan ikki stakan olib kelib qoʻydi, baliqni kesib tozaladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Eshon aya ichkariga oʻrin solib, obrez oldiga obdas-tada tahorat suvi qoʻyib, kumush bandli oʻninchi chiroqni koʻtarganicha, mehmonxonaga chiqdi. S. Ahmad, Hukm.
- Oʻrta ayerlarda bandli qum soatlar urf edi. "Fan va turmush".
- Besh bandli qaror. Sakkiz bandli sheʼr.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0