Izohli lug‘at
baqiriq
бақириқ
Ma’nolari
- Qoʻrqinch, dahshat yoki ogʻ-riqdan qilinadigan dod-faryod, qichqiriq.
- Xursandchilik, xushchaqchaqlikni ifo-dalovchi baland ovoz, qiyqiriq, hayqiriq.
- Bor ovoz bilan qilingan dagʻdagʻa, poʻpisa, doʻq. Kishandagilar zanjirlarini shildiratishar, zindonbonlarning baqirigʻi.. ularni oʻylatib qoʻydi. Mirmuhsin, Tungi chaqmoqlar. U
Misollar
- Vahimali baqiriq koʻpga choʻzilmadi, yana jimlik choʻkdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
- Toʻqayda olov lovillab yonayotgan qamishzor tomonidan baqiriq koʻtarilib qoldi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Toʻyxonadan yigitlarning baqirigʻi eshi-tilib turar edi. Ularning [yoshlarning] baqiriq, chaqiriq, qahqahalari uzoq-uzoq-larda aks-sado berdi. "Sharq yulduzi".
- [Toirov] siqiq ostiga olish, doʻq-poʻpisa, baqiriq bilan ishni tashkil etish mumkin, deb oʻylaydi. Gazetadan.
- ..il-gariroq bu aqlu farosat qayda edi, achchigʻu tizziq, baqiriqlar, oʻqilmagan nikohga taloq aytishlar. M.M.Doʻst, Lolazor.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0