Izohli lug‘at
baqirmoq
бақирмоқ
Ma’nolari
- Bor ovoz bilan qichqir-moq, shovqin solmoq.
- Ogʻriqsan yoki qoʻrquvdan dod solmoq, dod-faryod koʻtarmoq.
- Ovozi boricha baqirib dagʻdagʻa qilmoq, doʻq urmoq, poʻpisa qilmoq. -
- Chiranmoq, gerdaymoq.
Misollar
- Katta daryo hay-qirmas, aqlli kishi baqirmas. "Qanotli soʻzlar". n
- Olaxoʻja tovushining boricha baqiradi: -A!? Targʻil hoʻkiz oʻlib qoldi? Nima?Negaoʻlar ekan?P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Bektemir koʻkragiga sigʻmagan hayajon va mehrni ifodalagandek, gʻayrishuuriy ravishda baqirib yubordi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- [Salimboyvachcha] Har on, har lahza falokatni kutdi. Goʻyo Gulnor hozir oshni ichadi-da, darrov baqiradi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Lali bexosdan: "Dod, oʻla-man", deb baqirib yubordi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- "Voydod!" deb baqirmoqchi boʻlaman, ovozim chiqmaydi. H. Nazir, Yonar daryo.
- Baqirmang, — dedi xoʻmrayib Yoʻlchi, — shu vaqtga davr eshitdim, chidadim, endi-chi? Yoʻq! Oybek, Tanlangan asarlar.
- [Moʻlton Mutalga:] Ba-qirgingiz kelsa, xotiningizga baqiring! O. Yoqubov, Larza.
- Uning birovga baqirganini, stol mushtlaganini Zumrad koʻrgan emas. S. Siyoyev, Otliq ayol.
- Bor — baqirar, yoʻq — chaqirar. Maqol.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0