Izohli lug‘at
baqiroq
бақироқ
Ma’nolari
- Baqirib, shangʻillab gapirishga odatlangan; shangʻi.
- Hadeb ovoz chiqaraveruvchi, notinch (hayvonlarga nisbatan).
- Shovqin-suronli; guldurosli.
Misollar
- Baqiroq chol. Baqiroq tuya — noring, Baqiroq ota — madoring. — Maqol. —
- Xoʻjayin — baqiroq odam. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻzi qoʻrqoq boʻlsa ham, oʻlgudek baqiroq, vahima. — A. Muxtor — Chinor.
- Baqiroq sigir sutsiz boʻlar. — Maqol. —
- Yolgʻiz bola yigʻloq boʻlar, Yolgʻiz tuya baqiroq boʻlar. |Maqol.|)
- Baqiroq echkiday muncha shangʻillaysan. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Oftob aksi tushib naqshlarga boʻgʻiladi baqiroq bozor. — X. Davron — Bolalikning ovozi.
- Baqiroq bulutlar qanday yaxshi! Sharillatib yomgʻir yogʻib yubordi. — Mirmuhsin — Umid.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0