Izohli lug‘at
baquvvat
бақувват
Ma’nolari
- Kuch-quvvati normal darajadan ortiq, zoʻr jismoniy kuchga ega boʻlgan; kuchga toʻla, kuchli.
- Baquvvatmisiz? Hol-ahvol soʻrash, sa-lomlashish, koʻrishishda aytiladi.
- Organizm biror qismining sogʻlom, boʻliq va kuchga toʻlaligini ifodalaydi.
- Pishiq, mustahkam.
- Yaxshi oʻsgan, baravj, boʻliq, yoʻgʻon.
- Harakatlantiruvchi katta kuchga ega, quvvatli.
- Badiiy jihatdan pishiq, maz-munli.
- Katta boylikka ega boʻlgan, badavlat, davlatmand; tayanchi, suyanchigʻi bor.
- Beli baquvvat Boy, davlatmand.
Misollar
- Baquvvat odam. Baquvvat yigit. Baquvvat ayol. Baquvvat ot. a Mirzaboy jismonan ancha baquvvat edi. "Yoshlik". Togda gavdali, baquv-vatlar kerak boʻladi, deb oʻyladi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Bu erkak oʻzi suyanib turgan qoyadek dagʻal va baquvvat, quyoshdek issiq va huzurbaxsh edi. "Yoshlik".
- -Baquvvatmisiz, otajon? -Ashamdulillo. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oʻzing salomatmisan? Oʻzing baquvvatmisan, Shokir? "Yoshlik". Baquvvat tortmoq Kuchga kirmoq, kuchiga-kuch qoʻshilmoq.
- Mehnat bshan kishi qarimaidi, yetiladi, baquvvat tortadi. Gazetadan. Baquvvat qilmoq Kuch-quvvat bagʻishlamoq; suyanchiq, tayanch boʻlmoq.
- ..koʻkragimni isitib, belimni baquvvat qshib turgan xatni-ya! I. Rahim, Chin muhabbat.
- Baquvvat qoʻllar. Baquvvat tishlar. Baquvvat yelka. Baquvvat panja. Baquvvat soch. yaya
- Yigit supa oldida toʻxtab, xaltasini qoʻydi, uzun, baquvvat qoʻllarini cholga choʻzdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Zargarov baquvvat iyagini asta koʻtarib, kipriklarini pirpiratgancha Ziyodaga tikilib qoldi. A. Muxtor, Asarlar.
- ..koʻkrak choʻntagidan tarogʻini olib, qunduzday baquvvat sochini taradi. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Yem yegan opiar baquvvat oyoqlarini kerib tashlab, qoʻsh kosshshani erkin sudrab ketdilar. S. Anorboyev, Oqsoy.
- Baquvvat ip. Baquvvat kursi. Baquvvat panjara. m To-jini amirzoda haramiga olib borishib.. baquvvat kursiga oʻtqazib, qoʻl-oyogʻini unga mahkam bogʻlashdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Dorobbek derazaning baquvvat temir pan-jaralaridan ichkariga moʻraladi. D. Nuriy, Osmon ustuni.
- Hovlida biruy, bir ayvon, yana bir hujra bor. Eski, ammo ha/iu baquvvat. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yoʻngʻichqa siznikimi? Yosh ekan hali, juda baquvvat oʻsibdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Tolning toʻgʻri oʻsgan baquvvat shoxlari xodacha oʻrnida ish-latiladi. Gazetadan.
- Ad il, baquvvat qara-gʻaylar koʻzlarni beixtiyor oʻziga tortdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Baquvvat motor. Baquvvat texnika. Baquvvat traktor.
- Dramatik poemada personajlar nutqi sheʼriy jihatdan baquvvat, afo-rizmga boy, hayajonli, taʼsirli boʻlishi kerak. "OʻTA".
- Baquvvat sheʼr kerak dastgoh vaznida. Azamat bolgʻaning har zarbi bir sheʼr. A. Muxtor, Asarlar.
- Teatrning ham asosiy, ham kichik sahnasida bir necha baquvvat spektakllar koʻrsatildi. "OʻTA".
- Tangriqul hoji baquvvat xoʻjalik edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. -
- Tagi baquvvatmikin? -Baquvvatki, u yoq-bu yogʻi yoʻq. "Yoshlik".
- Eli baquvvatning beli baquvvat. "Qanotli soʻzlar". m
- Shunday zamonda uning qiziga oʻn besh ming beradigan "beli baquvvat" topi-larmikan? P. Tursun, Oʻqituvchi. Iligi baquvvat Sogʻlom, kuchli, zabardast.
- Iligi baquvvat ekan! Oybek, O. v. shabadalar. Imoni baquvvat Maʼnaviy, axloqiy jihatdan barkamol; pokiza, halol.
- Imoningiz doimo baquvvat boʻlsin.. K. Yashin, Hamza.
- ..gʻazal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy va bular kabi aziz ulamoyu fuzalolar.. mu-sulmon, imoni baquvvat zotlar boʻlganlar. K. Yashin, Hamza.
- Baquvvat ekandir tanda imoning. "Yusuf va Ahmad".
- Gʻoʻzaning hosildor shoxlari baquvvat, yetuk edi. Oybek, O. v. shabadalar.
Kelib chiqishi
|ba.. +quvvat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0