Izohli lug‘at
barakali
баракали
Ma’nolari
- Toʻkin-sochin, moʻl-koʻl, yaxshi natijali.
- Mavjud holatidan qati nazar koʻp-chilikka yetadigan; foydali; tatimli.
- Qoʻli barakali Qoʻliga tushgan, qoʻlida boʻlgan narsaning, ishning barakasini oshiradigan odam haqida.
- Serunum, sermahsul, samarali.
Misollar
- Koʻklam doʻl, jala boʻlishiga qaramay, barakali hosil olishga erishdik. "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Xirmonimiz barakali boʻlsa, davlatimiz, xalqimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi. Gazetadan.
- [Tosh-xon:] Ha, juda barakali qozon, oʻziga ham yuz chelak suv ketadi. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi.
- Choʻloq boʻlsa ham, qoʻli barakali. Ekini har yili ham chakki boʻlmaydi.. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Barakali ish. Barakali mehnat. yat
- Ertalabki terim unumli, barakali boʻladi. "Yoshlik".
- Bu raqamlar keksa sanʼatkorning barakali umrini va uning xalq oldida qilgan katta xizmapiarini kishining xotirida jonlan-tiradi. T. Obidov, Yusufjon qiziq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0