Izohli lug‘at
barbod
барбод
Ma’nolari
- Xarob, vayron, buzilgan, sovurilgan.
- Barbod boʻlmoq 1) yoʻqqa chiqmoq, chippak-ka chiqmoq, puchga aylanmoq, yoʻq boʻlmoq.
Misollar
- Oʻzaro talashlar, fitnayu fasod Mehnatni, savdoni, qoʻshiqni ezdi, Ekin payhon oʻldi, koʻpriklar barbod. Shayxzoda.
- Buzuqni tuza-tish, barbodni obod Bizning xalqimizga boʻlur muyassar. Gʻ. Gʻulom.
- Dushmanning toʻrt bor hujumi ham barbod boʻldi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Yoshshgi, nomus-iffati, umid-armonlari barbod boʻldi. K. Yashin, Hamza.
- Uf., endi-chi, endi.. hammasi barbod boʻldi.. ha, barbod boʻldi. J. Jabborov, Sevinch yoshlari; 2) buzilmoq, pachava, rasvo boʻlmoq.
- Toʻrabek bu topshiriqni bajara olmasa, ertaga ishimiz barbod boʻladi. A. Rah-mat.
- Qochsa, hamma ish barbod boʻlishini, oʻzi ustidagi gumon chinga aylanishini bilardi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.; 3) sovurilmoq, behuda sarf boʻlmoq.
- Noqobil oʻgʻil tufayli uning bor topgan-tutgani tez fursatda barbod boʻldi. — Gazetadan Barbod qilmoq (yoki etmoq) Xarob, vayron qilmoq; yoʻqqa, chip-pakka chiqarmoq, yoʻq qilmoq.
- Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi, Kimdir borini ham qiladi barbod. A. Oripov.
- Dushmanning mudofaa istehkomlari barbod etildi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
- Choʻlni obod qilgan ham suv, Bogʻni barbod qilgan ham suv. — Gazetadan
- Chorva ptnini barbod qildi. S. Anor-boyev, Oqsoy.
Kelib chiqishi
f. jLi^j — behuda, bekorga, zoye
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0