Izohli lug‘at
barg
барг
Ma’nolari
- \f. — yaproq; varaq) ayn. yap-roq.
- Yolgʻon barg Oʻsimlik (koʻkat, gʻoʻza va b.) yerdan endi unib chiqqan paytda paydo boʻlib, keyinroq toʻkilib ketadigan barg.
- Tut daraxtining ipak qurtiga ozuqa sifatida beriladigan yaprogʻi.
- Bargi nozik Qovunning navlaridan biri. Sen daraxtning shoxida yursang, u bargida yuradi Uning ishbilarmonligi, quv-ligi, shumligi senikidan oshib tushadi.
Misollar
- Olma bargi. Tok bargi. Tamaki bargi. Barg chiqarmoq. shsh Mana, bahor kelib, gullar barg yozdi. "Mushtum".
- Daraxt bargidagi shoda-shoda shudringlar botayotgan quyosh nurida birdan olovlanib ketdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil.
- Gʻoʻza yolgʻon barg chiqarishi bilan darhol yagana qilinishi shart. N. Safarov, Hayot maktabi.
- Oʻqishdan chiqib, qurtga barg kesgani boramiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Toza barglar solamiz, Qurtimizga yoqsin deb. "Qoʻshiqlar".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0