Izohli lug‘at
bay’at
байъат
Ma’nolari
- Tasavvuf ilmida ( tasavvuf) shogird (murid) oʻz ustoziga (murshid)ga sodiq qolishga va uning barcha koʻrsatmalarini bajarishga (qoʻl berib) qasamyod qilishi. Haqiqiy shayxlar tasavvuf shayxlariga beriladigan bay'atni taqvo asosida ustoz va shogirdlik ahdnomasi deb bilganlar. Shuning uchun ham muridlardan bay'at olishda qoʻlni qoʻlga qoʻyib turib:
Misollar
- "Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning oʻziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qoʻli ularning qoʻllari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, oʻziga qarshi buzadi xolos, va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur" — qurʼon 48:10 — (islom.uz, Bay’at haqida), oyati karimasini tilovat qilish bilan kifoyalanganlar. Shu bilan shayx va murid orasida ustoz-shogirdlik ahdnomasi tuzilgan boʻladi. Shayx oʻzining ustozlik vazifasini sidqidildan sodiqlik ila bajarishga, murid esa oʻz shayxiga sadoqatli shogird boʻlishga ahd bergan boʻladilar.
Kelib chiqishi
arab. – ahd, ahdnoma, itoat qasami; oldi-sotdi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0