ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

bay-bay

бай-бай

Ma’nolari

  1. Bay-bay, bu vino emas, asal-ku, doʻstim. Uygʻun, Hurriyat.
  2. Xushyoqmaslik, norozilik, taassufni ifodalaydi. Bay-bay! Kelin degan ham shundoq, latta qoʻgʻirchoq boʻladimi? S. Ahmad, Saylanma. Bay-bay, bu bolalarning dastidan oʻlib boʻldim; axir bu tosh qurt, jigʻil-donlaringni teshib yuboradi-ku. Oybek, Tanlangan asarlar. -Bay-bay, gʻoyat xunuk ish boʻlibdi,— dedi domla gʻamginlik bilan. "Mushtum".

Kelib chiqishi

1 Hayratlanish, ajab-lanish holati yoki tahsin maʼnosini ifodalaydi. Bay-bay, shahanshohlar turadigan uylar-a! S. Nurov, Narvoy. Bay-bay, uning yalqovligi, ammo til degan bir quloch. Oybek, Tanlangan asarlar. Endigina yotoqxona zina-poyasiga yetgan ham ediki, balkondan pastga qarab turgan qizga koʻzi tushdi: Bay-bay, chakki emas-u/"Yoshlik". ..bakovul ichiga qiyma tiqilgan kakliklarni olib oʻtyapti. "Bay-bay, muncha hidi yaxshi-ya?" — deb oʻyladi u, ogʻzining suvi kelib. M. Osim, Utror. \Burhon

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish