Izohli lug‘at
bazm
базм
Ma’nolari
- Musiqa va oʻyinlar bilan oʻtkaziladigan ziyofat, toʻy, utirish; oʻyin-kulgi kechasi.
- Bazmi jamshid Katta bazm, dabdabali, shohona bazm.
- Tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarning kishiga zavq beruvchi xatti-harakatlarini ifodalaydi.
Misollar
- Qiy-chuv bilan oʻtgan nahorlikdan soʻng hovlida yana bazm boshlandi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Dutor yoniga childirmaning chertmagi kelib qoʻshilgandan keyin, bazm tagʻin ham jonlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Tabib, siz karnay-surnay chaldi-ring, nogʻoralar jaranglasin, bazm quramiz. "Yoshlik".
- \Husayn:\ Oʻhoʻ, bazmi jamshid qizigan ekan-da, kulgilaringiz osmoni falakka koʻtarshshoqda. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.
- Katta hovlining toʻridagi shiyponda bazmi jamshid avjida edi. O. Yoqubov, Diyonat. Bazm qurmoq Oʻyin-kulgili, koʻngilochar yigʻilish, oʻtirish uyushtirmoq. Qizlar bazmi etn. Nikohtoʻyida qiz faqat oʻz dugonalari ishtirokida oʻtkazadigan oʻyin-kulgi kechasi.
- Uning [Kumushning] vujudi qizlar bazmi ichida boʻlsa ham, xayoli allaqayoqlarda uchib yurgandek, koʻzlari oʻynaguvchi qizlarda boʻlsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani koʻrgandek.. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Chumchuqlar daraxt shoxlarida yozdagi kabi bazm qurishgan. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat.
- Kechasi oʻrdaklar bazmi boiianadi. S. Ahmad, Ufq.
- Gulduros, dahshatli gulduroslar; chaqmoqlar, chaqinlar. Osmonlarda chaqmoqlar bazmi.. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo.
- Olis-dagi zovurda yolgʻiz baqa ahyon-ahyonda vaqil-lab, sheriklarini bazmga chorlaydi. "Guldas-ta".
- Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida kapalaklar bazm quradi, asashrilar gʻuvil-laydi. J. Abdullaxonov, Oriyat.
Kelib chiqishi
\f. f j^ — dabdabali ziyofat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0