Izohli lug‘at
bedana
бедана
Ma’nolari
- Tovuqsimonlar turkumining qirgʻovulsimonlar oilasiga mansub par-randa, kichik sayroqi qush.
- Bedana yurish Mayda qadam tashlab, tez-tez yurish.
- Shu qushning goʻshti (ovqat sifatida).
Misollar
- Urushqoq bedana. Tezotar bedana. Salmoqi bedana. Bedananing "vit" degani — qochgani. Maqol.
- Oʻtloqda bedana koʻp, dangasada — bahona. Maqol.
- Bedananing uyi yoʻq, qayga borsa — bitbildiq. Matal.
- Begimxon guzardan tezlab oʻtib, katta yoʻldan bedana yurish qilib ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Apponchi bedana yurish qilib, goʻrkovning oldiga oʻtib, yoʻl boshladi. "Yoshlik".
- Bedana bilan kaklik yeb, bizga zogʻ qoldira-siz. "Askiya".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0