Izohli lug‘at
behuzur
беҳузур
Ma’nolari
- Bezovta, halovatsiz.
- Behuzur boʻlmoq; Oʻzini allanechuk yomon his etmoq.
- Koʻngli behuzur boʻlmoq; Koʻngli allanechuk yomon boʻlmoq.
- Koʻnglini behuzur qilmoq; Koʻnglini aynitib, allanechuk yomon ahvolga solmoq.
Misollar
- Tuni bilan aloq-chaloq tush koʻrib chiqqani uchunmi, oʻzini behuzur sezdi. — "Yoshlik". —
- [Elmurod] Behuzur boʻlib, saraton issigʻiga chidamagan semiz odamday toʻlgʻandi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Denisov.. koʻngli behuzur boʻlib, qattiq oʻqchidi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Toʻgʻrisini aytganda, gap tinglash ham koʻngilni behuzur qiladi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Nusratbekning tomogʻi achishdi, achchiq tamaki hidi va taxir taʼmi koʻnglini behuzur qildi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Iliqqina suv yuragini ozdirib, koʻnglini behuzur qildi. — "Saodat". —
Kelib chiqishi
be.. + huzur
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0