Izohli lug‘at
beibo
беибо
Ma’nolari
- Or-nomusni bilmaydigan, sharm-hayosi yoʻq; uyati yoʻq, uyatsiz.
- Qoʻpol, dagʻal, uyatli.
Misollar
- Qizini bir umr zaharlagan beibo kishiga yana nima kerak? S. Ahmad, Oydin kechalar.
- Zebi ovozini barala qoʻyib shangʻillar, beibo gaplar yogʻ-dirar edi. Oybek, Ulugʻ yoʻl.
- Bunday beibo, sharmanda baytlarni kim ijod qilgan? Gazetadan.
Kelib chiqishi
be.. + ibo
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0