Izohli lug‘at
bejirim
бежирим
Ma’nolari
- Tuzilishi, bichimi ixcham, shinam va chiroyli; xushbichim.
Misollar
- Bejirim uy. Oyoqlarida bejirim tufli.
- Muharram shirin tabassum bilan kuldi, bejirim labining ikki burchagini nozik toʻr tutilgan dastroʻmolchasi bilan artib qoʻydi. — Shuhrat, Shinelli yillar.
- Oyqiz.. qabulxonada bejirimgina, qaddi qomati kelishgan.. notanish qizga nazar tashladi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Tursunoy gazetaga bejirim qilib oʻralgan bir kitobni ochib, koʻzdan kechira boshladi. — N. Safarov — Uzoqni koʻzlagan qiz.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0