ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

bek

бек

Ma’nolari

  1. I 1 Turkiy xalqlarning baʼzilarida xonliklar davrida davlat arboblariga, shahar yoki viloyat hokimlariga, ularning bolalariga berilgan faxriy unvon hamda shunday unvonga sazovor boʻlgan shaxs. Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob toʻnni olib, qoʻrgʻon begiga kiydirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
  2. Beklar begi q. beklarbegi. Bek oyim // begoyim Bekning onasi yoki xotini va ularga murojaat shakli.
  3. Erkaklar ismining tarkibiy qismi, maye.,
  4. (1-sh. egalik shaklida) Oʻz begi yoki xoʻjayiniga murojaatda yoki ular haqida gapirganda ishlatilgan soʻz. Qaygʻurma, begim! Hasanali otang bu toʻgʻrida ham seni yodidan chiqarmaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Eski vaqtda yer-suv egalarining xizmatkorlari xonlar zamonidagi rasm-rusmni qilib, oʻz xoʻjayinlarini "begim", "xonim", "oyim" deb hurmatlar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.
  5. Uzi(ga) xon, oʻzi(ga) bek q. xon.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish