Izohli lug‘at
bekat
бекат
Ma’nolari
- Pochta stansiyasi. Xat ham tez kelmaydi, baʼzan bekapiarda yoʻqolib keta-di. J. Sharipov, Xorazm.
- Yoʻlovchilarning biror transport turi (maye., avtobus, tramvay yoki metro)ga chiqish va undan tushishlari uchun belgilangan joy.
- Hayotda bosib oʻtiladigan yoʻl-ning maʼlum bosqichi, marrasi.
Misollar
- Avtobus bekati. n Yer osti bekapiari par-dozida kulolchilik sanʼati namunalaridan keng foydalanilyapti. Gazetadan.
- Eshaklar dikir-dikir yoʻrgʻalab, Kosondan chiqdi va tetsir yoʻl bekatiga qarab burilgan yoʻl boʻylab ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi.
- Hayotning umumiy oqimi bilan birga hamisha olgʻa intilib, yangidan-yangi bekatlarni bosib oʻtayotganini, ulugʻ manzil sari hormay-tolmay suzayotganini eslab, qalbi sevinch va quvonch bilan toʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻ-rondan kuchli.
- Yangi yil boʻsagʻasi ularning yana bir bekati goʻyo. "Saodat".
- oʻziga maium boʻlgan ikki bekatda otni oʻzgartirdi. Mirmuhsin, Temir Malik.
Kelib chiqishi
1 Qadimda yoʻllarda kar-vonlar va yoʻlovchilar toʻxtab dam oladigan maxsus joy, manzil. Otabek bir necha be-katga mehmonlarni kuzatib borib, soʻngra qaytmoqchi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. U Toʻrgʻay
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0