Izohli lug‘at
bekitmoq
бекитмоқ
Ma’nolari
- Yopiq (berk) holga kel-tirmoq; ochiq yoki ochilib-yopiladigan joyni mahkamlamoq, yopmoq.
- Ustini, atrofini oʻrab (qoplab, toʻ-sib) olmoq; koʻrinmaydigan qilib yopmoq, panalamoq.
- Kimsa bilmaydigan qilib koʻzdan yoʻqotmoq; yashirmoq.
- Sir tutmoq; saqlamoq, yashirmoq.
- Toʻsib yoki taqiqyaab oʻtkazmay qoʻymoq, yopmoq; mahkamlab toʻxtatmoq.
- koʻchma Ishi, faoliyatini toʻxtatmoq yoki tamom qilmoq.
- Bukib yoki yopib, yigʻiq holatga kel-tirmoq (ochilib-yopiladigan, buklanadigan narsalar haqida).
Misollar
- Sandiqni bekitmoq. Eshikni bekitmoq. Xumning ogʻzini bekitmoq. Teshik-yoriqlarni bekitmoq. n Eshikni bekitib, don solinadigan eski xampa ostiga engashdi. N. Aminov, Suvarak.
- U qutini bekitib turgan silliq mis parchasiga qa-radi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Yukni brezent bilan bekitmoq. Yuzni bekitmoq. Bulutlar oyni bekitib qoʻydi. yat
- Zebo yana qizarib ketdi. Chakka soch/yurini tuzatish bahonasi bilan koʻzini bekitdi. Shuhrat, Shinelli yillar.
- Choʻpon meni chakmoni bilan bekitib: -Suyunchisiga nima berasiz? — deb soʻrabdi. Sh. Xolmir-zayev, Ogʻir tosh koʻchsa.
- Rahima Kamolning mushtidan yuzini bekitib, muk tushib oldi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
- Bola oʻyinchoqni bekitdi. m -Xanjaringizni ham bekitib qoʻying! — dedi Zulfiqor. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Boʻri yuguribkelib, cholga: -Ota, bir mergan quvib kelayotibdi, meni bekitib qoʻying, — debdi. "Chalpak yoqqan kuni".
- Men seni yaxshi bilaman, ukajon.. toʻgʻri soʻz, vijdonli bolasan. Ammo Raimning sirini bila turib, bekitganingga hayronman. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqpar.
- Nahotki qay-nonasidan bekitib kiyinsa, nahotki kam-pirning gaplari rost boʻlsa? "Mushtum".
- Yoʻlni bekitmoq. Chegarani bekitmoq. Suvni bekitmoq. Gazni bekitmoq.
- Koʻrgazmani bekitmoq. Savdoni bekitmoq. j Eski shahar ijroqoʻmi Mozorxon, Oqmachit mahallalaridagi eski maktablarni bekitdi. Gazetadan.
- Soyabonni bekitmoq. Qalam-taroshni bekitmoq. Kitobni bekitmoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0